Yulduz Usmonova ShHTga atab qo‘shiq kuyladi

Obuna bo‘lish
Internetda Yulduz Usmonovaning ShHT sammitiga atalgan qo‘shig‘i paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Toshkentda ShHT sammiti ochilish marosimi arafasida internetda Yulduz Usmonovaning ShHTga atalgan qo‘shig‘i paydo bo‘ldi, Sputnik u bilan youtubeda tanishdi.

Ushbu qo‘shiq Yulduz Usmonovaning shaxsiy tashabbusimi yoki o‘tkazilayotgan muhim tadbir munosobati bilan xonandaga berilgan buyurtmami – hali noma’lum, lekin qo‘shiq yuqori saviyada ijro etilgan. Naqoratning ShHT a’zolari bo‘lgan  mamlakatlar o‘zbek, xitoy, rus, qozoq, tojik va qirg‘iz tillarida ijro etilishi ham uning “sifatli” tayorlanganidan dalolat beradi.

Yulduz Usmonova O‘zbekiston estradasining yorqin yulduzlaridan biri. Turli yoshdagi aholi orasida uning muxlislari ko‘p, ayniqsa bir necha yil oldin ijro etilgan qo‘shiqlariga. Oxirgi vaqtlarda, turli sabablar tufayli Yulduz Usmonova katta sahnalarga chiqmay qo‘ygan edi. Ehtimol ushbu qo‘shiq tufayli, vaziyat o‘zgarsa…

 

Yangiliklar lentasi
0