OAV: AQSh rossiyalik razvedkachilarni kuzatuvchi tashkilot yaratmoqchi

© Sputnik / Aleksey Agarishev / Mediabankka o‘tishAQSh politsiyachilari
AQSh politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi muassasa razvedkachilarni fosh qilish, ular bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish, AQSh hududida rossiyalik diplomatlar harakatlanishi nazorat qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. AQSh Kongressi rossiyalik razvedkachilar ustidan kuzatuv olib boradigan maxsus tashkilotni ta’sis etish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar qilgan RIA Novosti.

Yangi muassasa razvedkachilarni fosh qilish, ular bilan bog‘liq jinoyatlarni ochish, AQSh hududida rossiyalik diplomatlar harakatlanishi nazorat qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.

Jumladan, muassasa, agar rossiyalik diplomat o‘z ish joyidan 80,5 kmga uzoqlashadigan bo‘lsa, bu ishga FBR(Federal Tergov Burosi)ni jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi.

AQSh senatining tegishli qo‘mitasi ushbu loyihani may oyi oxirida ma’qullagan. Endilikda bu masala  senatda ko‘rib chiqilishi lozim.

FBR OAVda chop etilgan ushbu xabar yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Rossiya elchixonasi ham hozircha bu borada izoh berishga shoshilmayapti.

Yangiliklar lentasi
0