TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari kengashida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Belorussiya rahbari matbuot-xizmati.
"Belorusiya Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 23-24 iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari Kengashida ishtirok etish uchun O‘zbekiston respublikasiga ishchi safar uyushtiradi”, — deyiladi xabar matnida.
Matbuot-xizmatining xabar berishicha, Belorussiya rahbari O‘zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakat yetakchilari bilan ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazadi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan sammitdagi oliy uchrashuvda Belorussiya ilk bora kuzatuvchi maqomida ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugungi kunda ShHT a’zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015-yilda tashkilotga Hindiston va Pokistonni kirtish jarayoni ishga tushirilgan edi.