ShHT sammiti arafasida – yo‘l tirbandligini oldini olish mumkinmi ?

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Mediabankka o‘tishToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT sammiti arafasida Toshkentda turli sabalarga ko‘ra yo‘l tiqinlari soni oshmoqda.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. ShHT sammiti boshlanish arafasida Toshkent ko‘chalarida va shaharga kirish nazorat punktlarida tirbandlar soni oshmoqda.

Avtomobil haydovchilari shaharga kiraverishda 30-60 daqiqa turib  qolmoqdalar. Muxbirlar xabariga ko‘ra bunday tirbandlikning sababi militsiya xodimlarining yomon ishlashida emas, aksincha ular o‘z vazifalarini yaxshi bajarishga, avtomobillarni imkon qadar tezroq o‘tkazishga harakat qilmoqdalar.

Sputnik muxbiri aytishiga qaraganda, tirbandlik murakkablashishining asosiy sabablaridan biri, bu – ayrim haydovchilarga madaniyat yetishmasligi bo‘lmoqda. Misol uchun, hamma yetib kelgan navbati bilan, bir qatorda turgan vaqtda, alohida “o‘ta aqlli” haydovchilar yo‘l chetidan aylanib o‘tib, nazorat punktiga yaqin joyda navbatga suqilib kirib olishga harakat qilmoqda. Buning oqibatida avariya va ortiqcha noqulayliklar tug‘ilmoqda.

Balkim, buni oldini maqsadida navbatni buzgan haydovchilar uchun qonuniy jarima kiritish kerakdir?

Undan tashqari ba’zi ko‘chalar o‘tkazilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli to‘sib qo‘yilmoqda. Misol uchun O‘zbekiston shoh ko‘chasining Afrosiyob ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi, Temur Malik ko‘chasining SOS Bolalar qishlog‘i yonidagi bo‘lagi.

Oldin bo‘lgani kabi, yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati aholiga ilgaridan ma’lum qilganida edi, ko‘pchillik ushbu manzillardan o‘tmaslikka yoki boshqa ko‘chalardan aylanib o‘tishga harakat qilgan bo‘lardi, tirbandlik ancha kamaygan bo‘lar edi. Hozir esa haydovchilar “g‘isht” belgisiga boshi bilan urilib keyin ortga qaytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-24 iyun kunlari Toshkentda O‘zbekiston boshchilida o‘tkaziladigan ShHT sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Toshkentga o‘ndan ziyod davlat rahbarlari va mingdan ziyod mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0