AQSh vitse-prezidenti Bashar Asadni Saddam Husayn bilan adashtirib qo‘ydi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishAQSh vitse-prezidenti Jo Bayden
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo Bayden teleboshlovchi Charli Rouz bilan AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriya hamda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi borasida strategiyasini muhokama qilish chog‘ida yanglishib ketgan.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden intervyu chog‘ida Suriya prezidenti Bashar Asadni Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn bilan adashtirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Washington Free Beacon nashri asosida.

Jo Bayden teleboshlovchi Charli Rouz bilan suhbatda AQSh prezidenti Barak Obamaning Suriya hamda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi borasida strategiyasini muhokama qilish chog‘ida yanglishib ketgan.

"Bir vaqtning o‘zida, biz xalqaro hamjamiyat bilan ishlashda davom etmoqdamiz, buning natijasida, Suriyada tinchlik yuzaga kelib, Saddam hukumat tepasidan ketishga majbur bo‘ladi”, — degan suhbat chog‘ida Bayden. Rouz suhbatdoshini to‘g‘rilagach, Bayden: “Uzr so‘rayman, Asad. Freyd bo‘yicha yanglishish”, — deya gapida davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, Iroq prezidenti Saddam Husayn(1979-2003) 2003-yilning aprel oyida taxtdan ag‘darilgan. Iroq Oliy sudi Saddam Husaynni 1982-yilda Dujayl qishlog‘ida istiqomat qilgan 148 kishi o‘limida ayblagan va uni o‘limga hukm qilgan. Sud hukmi 2006-yilning dekabr oyi oxirida amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0