Qirg‘izistonda 145 ta qo‘y yashin urishi natijasida nobud bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Bushkin / Mediabankka o‘tishChaqmoq
Chaqmoq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘ylarning bir qismi voqea joyida jon bergan, yuzga yaqini esa atrofga tarqalib ketib, shu yaqin atrofdagi jarlikka qulagan.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. Qirg‘izistonning Oqsoy tumanida, yashin urishi natijasida, 145taga yaqin jonivor halok bo‘ldi, deb xabar berdi seshanba kuni Qirg‘iziston FVV matbuot-xizmati. RIA Novosti xabari asosida.

Qirg‘iziston FVV tuman bo‘linmasi rahbari bayonotiga ko‘ra, tabiiy ofat 600ta qo‘ydan iborat poda tog‘dagi yaylovga olib o‘tilayotgan vaqtda yuz bergan.

"Poda Suuk-Dobo yaylovida vaqtida chaqmoq chaqishi boshlangan va podani yashin urgan”, — deya xabar qildi FVV vakili.

Muassasa xabariga ko‘ra, jonivorlar tabiiy ofat yuz bergan vaqtda jarlik yoqasida joylashgan yo‘lakdan borayotgan bo‘lgan. Qo‘ylarning bir qismi voqea joyida jon bergan, yuzga yaqini esa atrofga tarqalib ketib, shu yaqin atrofdagi jarlikka qulagan.

Yashin urgan qo‘ylarning jonsiz tanalari egalariga topshirilgani ma’lum qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0