MOK Rossiya Yengil Atletika federatsiyasini Olimpiya o‘yinlaridan chetlatdi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishOlimpiya halqalari
Olimpiya halqalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MOK bugun doping ishlatgani uchun alohida sportchilar yoki butun jamoani javobgarlikka tortish kerakmi degan masala bo‘yicha maxsus kengash o‘tkazdi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (MOK) bugun o‘tkazgan Sammitda, oldin Xalqaro Yengil Atletika federatsiyasi (IAAF) tomonidan qabul qilingan Umumrossiya Yengil Atletika federatsiyasini 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlaridan chetlatish haqidagi qarorni ko‘rib chiqib, unga hurmat va ishonch bildirdi.

“Biz deklaratsiyaga kelganimizdan men xursandman. Sammit diskvalifikatsiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilmaydi. U faqat ma’lum strategiya ishlab chiqish bo‘yicha maslahat berishi mumkin. Sammit IAAF o‘tgan hafta qabul qilgan qarorga humat va ishonch bildiradi”, — dedi Tomas Bax matbuot anjumanida.

IAAF kengashi o‘tgan juma kuni Umumrossiya Yengil Atletika federatsiyasini diskvalifikatsiya qilnishi va Rossiya yengil atletika jamoasini xalqaro musobaqalardan chetlatish haqidagi qarorini kuchda qoldirgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0