TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. "Yevropa Ittifoqi mamlakatlari doimiy vakillari qo‘mitasi (Coreper — tahr.) Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga kelishib oldilar", deb xabar qilgan RIA Novosti agentligiga o‘z nomi sir qolishini xohlagan manba.
Diplomatning ta’kidiga qaraganda, sanksiyalar muddatini endilikda YeI Kengashi tasdiqdan o‘tkazishi lozim.
Bundan avval RFga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirish masalasi COREPER majlisida muhokamasiz hal etilishi ma’lum qilingandi.
G‘arb OAVlari xabariga ko‘ra, Vengriya, Kipr, Gretsiya, Italiya va Slovakiya davlatlari sanksiyalarni yumshatish yoki ularni bekor qilish uchun ovoz berishgan.