ShHTga yangi a’zolar qabul qilish shartlari

© MID UzbekistanaShHT mamlakatlari TIV vazirlari
ShHT mamlakatlari TIV vazirlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston va Pokiston Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitda ShHTga a’zolikka qabul qilinishi mumkin. ShHTning sobiq bosh kotibi Dmitriy Mezensev Sputnikka bergan intervyusida tashkilotga yangi a’zolar qabul qilishning zarur shartlarini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik, Mariya Sheludakova. Shanxay Hamkorlik tashkilotiga yangi qo‘shiladigan to‘la huquqli a’zolari, tashkilot huquqiy hujjatlari shartlarini so‘zsiz qabul  qilishi kerak, dedi senator, sobiq ShHT bosh kotibi Dmitriy Mezensev.  

23-24 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT rahbarlari sammitida Hindiston va Pokistonning tashkilotga to‘la qonli a’zo sifatida qo‘shilishi haqidagi memorandum imzolanishi kutilmoqda.  

“2015 yilda Ufada bo‘lib o‘tgan sammitda ShHTning 2025-yilga qadar kengayish strategiyasi tasdiqlangan edi. Hozir biz ushbu jarayonning guvohi bo‘lmoqdamiz”, — dedi Mezensev.

Mezensev aytishiga qaraganda, Hindiston va Pokiston ShHT mamlakatlarida amal qilayotgan 32 normativ hujjatlarini to‘liq qabul qilishi kerak. Ulardan ba’zilari milliy qonun maqomiga ega. Ushbu shartlar mamlakatning ShHTga a’zo bo‘lishi uchun muhim shartlardir.

ShHTga a’zo bo‘lish, bugungi kunda, tashkilotning bir qator yutuqlar va imkoniyatlar beradi.  Hindiston va Pokistondan tashqari yana bir chena mamalkat ShHTga a’zo bo‘lish istagini bildirdi. Iyun oyining boshida, ShHT bosh kotibi rashid Alimov tashkilot Sharqiy Yevropadan bitta, Yaqin Sharqdan uchta, va Janubiy-Sharqiy Osiyodan bitta ariza olganini xabar bergan edi.

“ShHT o‘n besh yil ichida nafaqat xavfsizlik va barqarorlik sohalarida, balki savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ham yangi istiqbollar yaratish imkoniyatlarini namoyish qildi”, — dedi Mezensev.

Tashkilotning samaradorligi a’zo davlatlarning 20 dan ortiq boshqarmalari (vazirliklari) orasida hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligidir. Undan tashqari tashkilot doirasida ekspert va mutaxassislar uchrashuvi doimiy ravishda o‘tkazib turiladi.

Bugun ShHT a’zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston. Kuzatuvchi maqomidagi mamalkatlar — Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston.

Yangiliklar lentasi
0