Manba: Ahmadboy pullarni uch yil ichida qaytarishga va’da berdi

© Gruppa v sossetax "Voditeli Tashkenta"Ahmadboy moliyaviy piramidasining fosh qilinishi haqidagi sujet
Ahmadboy moliyaviy piramidasining fosh qilinishi haqidagi sujet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ahmadboyning uyi oldida o‘z pullari qaytarilishini talab qilib, yuzga yaqin odamlar to‘plandi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati Chinoz tumanidan bo‘lgan, moliyaviy piramida asoschisi Ahmadboy Tursunboyevning uyi oldida piramidaga pul tikkan yuzga yaqin odamlar to‘planishdi. Olomon Ahmadboydan unga berilgan pullarni qaytarishni talab qilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekistonga voqea guvohlaridan biri.

Ahmadboyga qarashli firmada o‘tkazilgan tintuv jarayonidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
Chinozlik Ahmadboy ijtimoiy tarmoqlarda kun qahramoniga aylandi
Guvohning so‘zlariga qaraganda, odamlar Ahmadboyning uydan chiqishini talab qilib, shovqin-suron ko‘targanlar. Oxir oqibat, jabrdiydalar qarshisiga firibgarlikda ayblanayotgan "Mavrodiyning shogirdi" deya nom olgan Ahmadboyning vakili chiqqan. Vakilning so‘zlariga qaraganda, "Ahmadboy hozirda uy qamog‘ida, shu bois oldilaringga chiqa olmaydi. Ahmad Tursunboyev pullarni hammaga uch yil davomida qaytaradi", deb aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Tursunboyev — Toshkent shahri Chinoz tumanida joylashgan “Chinoz xalol chorva" hamda "Chinoz avto Hamkor" korxonalari ta’sischisi. Ahmad Tursunboyev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend va’dasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shug‘ullanib kelgan. Va shu bilan birga ularga pullari qaytarilishi haqida hech qanday kafolat bermagan. Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga muvofiq, biror kor-xol ro‘y bergan taqdirda, pul bergan insonning yaqinlari pullar qaytarilishini talab qilishga haqli bo‘lmagan. Tursunboyev, yiliga 40% ustama haqi evaziga chet el valyutasini qarz berish bilan ham shug‘ullangan.

Aholidan olingan mablag‘larning bir qismiga chet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Tursunboyev bu pullardan o‘zi uchun qimmatbaho avtomobillar xarid qilgan, shohona boshpana qurgan.

Tursunboyev va uning yaqinlari uylarida, shuningdek, "boy"ga qarashli firmalarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ashyoviy dalil sifatida 13,139 milliard so‘m hamda 7,9 million AQSh dollari olib qo‘yilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0