TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Moskvadagi Qizil maydon yonida uchta oliy toifadagi mehmonxona yo‘nalishidagi binolar qad roslashi mumkin, ularga kiritiladigan sarmoyaning umumiy hajmi 360 million dollarni tashkil qiladi, deb xabar berdi seshanba kuni Savills konsalting kompaniyasi hamkor boshqaruvchisi Dmitriy Xalin.
Sarmoyachi har bir loyihaga taxminan 120 million dollardan kiritishni rejalashtirgan, deya xabar qildi u.
"Ushbu loyiha yil oxiri — keyingi yil boshidan amalga oshiriladi", — dedi Xalin.
Har bir loyihadan 15ga yaqin apartamentlar o‘rin olib, ularda istiqomat qiladiganlar mehmonxona infratuzilmasidan ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi, deya qo‘shimcha qildi u.