400 metr jarlik ustida Yoga mashg‘uloti

Obuna bo‘lish
Xalqaro Yoga kuniga bag‘ishlangan tadbirda xitoyliklar 396 metr balandlikda oynali maydonchada yoga mashqlari bajarishdi.

150 kishidan iborat botir yogachilar Pekin yaqinida yer sathidan 400 metr balandlikda joylashgan oyna maydoncha ustida yoga mashqlarini bajarishdi.

Ushbu oynali maydonchaning nomi Pingu bo‘lib uPekin yaqinida joylashgan, u yerdan o‘rmon va va tog‘li manzaralarga ajoyib ko‘rinish ochiladi. Oynali platforma qoya toshga 396 metr balandlikda osilib turgani uchun u juda xavfli ko‘rinadi.

BMT tomonidan belgilangan Xalqaro Yoga kuni 21-iyunda – yozning eng uzun kunida nishonlanadi. Ushbu bayram 2015-yildan boshlab nishonlana boshlagan. Bayram o‘tkazish tashabbuskori Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0