Andijonkabel Fiat uchun avtomobil simlari yetkizib beradi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFiat kichik avtomobili
Fiat kichik avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi Italiyaning Fiat avtomobil zavodiga kabel yetkizib beradi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. “Andijonkabel” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi 2017-yilda, o‘z ishlab chiqarish quvvatini yangilaganidan keyin, Italiyaning Fiat avtomobil konserniga o‘z mahsulotini eksport qilishni boshlaydi, korxona vakili xabariga asosan.  

Loyihaning umumiy qiymati 6 mln dollardan ortiq va ushbu mablag‘ning katta qismi korxonaning o‘z mablag‘i hisobidan sarmoya qilinadi va bir qismi rossiyalik hamkor — “Samara kabel zavodi” tomonidan.

“Andijonkabel” bir necha yil davomida, Italiyaning Fiat konserni uchun avtomobil simlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2017-yilda ushbu loyha vanihoyat ishga tushishi kerak. Yevropa standartlariga javob beradigan simlar ishlab chiqarish uchun korxona Yevropada yetakchi korxonalaridan kerakli uskunalar sotib oldi va o‘z mahsuloti sifatini oshirdi hamda kerakli sertifikatlarni ham oldi”,- dedi korxona vakili.  

Korxona ishga tushirilganidan keyin, u yerda har yili 60 ming km maxsus simlar ishlab chiqarila boshlaydi. Dastlabki bosqichda ushbu mahsulot Fiat konsernining Italiyadagi zavodiga yetkizib beriladi, keyinchalik konsernning boshqa mamlakatlardagi zavodlariga eksport  qilinadi.

Korxona uskunalari yetakchi Yevropa ishlab chiqaruvchilari tomonidan yasalgan. Ular orasida Finlyandiyaning Nokia, Maillefer SA, Nextrom, Germaniyaning Sket, Udaw i Wiedenbach Apparatebau GmbH korxonalari bor.

Ishlab chiqarishda Olmaliq tog‘-kon kombinatida ishlab chiqarilgan mis ishlatiladi. O‘z sifati bo‘yicha u dunyodagi eng yaxshi besh mahsulotga kiradi. Plastik, polietilen, bo‘yoq va boshqa mahsulotlar Finlyandiya, Ispaniya va Germaniyadan olib kelinadi.  

“Andijonkabel” korxonasi mutaxassislari Rossiyaning kabel zavodlarida tajriba orttirishgan.

Yangiliklar lentasi
0