TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Nosirov A.D., OAV vakillari bilan o‘tkazilgan brifingda ShHT sammitiga kelishi kutilayotgan nufuzli mehmonlarini aytib o‘tdi.
Xususan, 23-34 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ShHT a’zolari bo‘lgan barcha mamlakat prezidentlari: Nursulton Nazarboyev, Si Szinpin, Almazbek Atambayev, Vladimir Putin va Emomali Rahmonlar kelishi tasdiqlangan.
Undan tashqari ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan mamlakatlar vakillari Afg‘oniston prezidenti – Ashraf G‘ani, Belorussiya prezidenti – Aleksandr Lukashenko, Mongoliya prezidenti — Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston prezidenti – Mamnun Husayn, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Eron Tashqi ishlar vaziri – Muhammad Zarif va mehmon sifatida Turkmaniston prezidenti — Gurbanguli Berdimuxamedovlar kelishi kutilmoqda.
ShHT sammitida nufuzla xalqaro tashkilot rahbarlari ham qatnashish istagini bildirishdi. Ular orasida BMT rahbari o‘rinbosari Djefri Feltman, MDH raisi — Sergey Lebedev, ODKB raisi — Nikolay Borduja, ASEAN bosh kotibi — Le Liong Min va Osiyoda Hamkorlik va o‘zaro ishonch shartnomasi bosh kotibi — Gun Szanveylar bor.
ShHT nizomiga ko‘ra sammitda O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov boshchilik qiladi.
Ushbu xalqaro sammitda qatnashish uchun O‘zbekiston poytaxtiga 1000dan ortiq ShHT mamlakatlari, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari kelishi kutilmoqda.