23-24 iyunda viza muddati bilan bog‘liq jazo choralari qo‘llanilmaydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV tarqatgan xabarga asosan, 23-24 iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan chet el fuqarolarining vizalaridagi kirish-chiqish muddati, ixtiyorsiz ravishda buzliganda, ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmayldi.

 

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. 23-24 iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lgan chet el fuqarolarining vizalaridagi kirish-chiqish muddati, ixtiyorsiz ravishda buzliganda,  ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmayldi.

“Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston aeroportlaridan xalqaro aviareyslarning kelish va ketish vaqtlaridagi ehtimoliy o‘zgarishlar hamda qo‘shni davlatlar bilan chegaralardagi ayrim o‘tish joylarida vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilishi munosabati bilan 2016-yilning 23-24-iyun kunlari chet el fuqarolarining kirish vizalarida qayd etilgan O‘zbekiston hududida bo‘lish muddatlari ularga bog‘liq bo‘lmagan holda tugaganda, ularga nisbatan O‘zbekistonning tegishli oganlari tomonidan jarima yoki boshqa choralar qo‘llanilmaydi,” – deyilgan TIV tomonidan tarqatilgan xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, 23-24 iyun kunlari Toshkentda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Sammit mehmonlarini kutib olish va kuzatish tufayli Toshkent xalqaro aeroporti bir necha soat davomida boshqa qatnovlar uchun yopiq bo‘ladi. Undan tashqari, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan chegara-nazorat punktlari cheklangan tartibda ishlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0