O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnikaning eng katta xaridori – Rossiya

© Gazeta.uzJizzaxdagi Roison Electronics ochilishi
Jizzaxdagi Roison Electronics ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elektrotexnika sanoati ishlab chiqargan mahsulotning 30%, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq bozoriga eksport qilinmoqda.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston elektrotexnika sohasi ishlab chiqarayotgan maishiy texnikaning 30% dan ortig‘i Rossiyaga eksport qilinmoqda, “O‘zeltexsanoat” vakili Sputnikka xabar berishiga ko‘ra.

Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Rossiyaga asosan xolodilnik, televizor, turli kabellar va yuqori voltli mahsulotlar eksport qilmoqda.

“Bizning eksport bozorlarimiz turli mamalkatlardan iborat, lekin yetakchisi hamkorimiz – Rossiya. O‘zbekiston uchun bu juda yuqori ko‘rsatkich, shuninug uchun yaqin orada biror mamlakat unga yaqin kelishi o‘ta mushkul. Biz ayni damda o‘z maishiy-elektr mahsulotlarimiz tashqi bozorlarini kengaytirishga harakat qilmoqdamiz. Buning uchun ularni asosan chet mamalkatlarda joylashgan savdo uylari va vakolatxonalar orqali targ‘ib qilmoqdamiz. Bugungi kunda savdo uylari soni 30ta ga yetdi”, — dedi muassasa vakili.     

Uning so‘zlariga qaraganda O‘zbekiston mahsulotlari bugungi kunda O‘rta Osiyo, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq mamalkatlariga yetkizib berilmoqda.

Ushbu yilning birinchi kvartalida  soha korxonalari qiymati salkam 26 mln $ bo‘lgan mahsulot eksport qilishdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 54 % ga ko‘p.  “O‘zeltexsanoat” tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati 227 mlrd so‘mdan oshdi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 20% o‘sish degani. Jumladan kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish hajmi 50 %ga, changutkichlar – 160 %ga  o‘sdi.  Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30% dan ortig‘i eksport qilinmoqda.

2030 yilga kelib sohaga milliard dollar investitsiya kiritish va ishlab chiqarish hajmini 5 baravar oshirish rejalashtirilgan. Ushbu choralar import hajmini kamaytirish bo‘yicha samarali choraga aylanishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0