14 o‘smir qurbon bo‘lgan Kareliya fojeasi haqida batafsil

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tishKareliyada bolalar qurbon bo‘ldi
Kareliyada bolalar qurbon bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kareliya respublikasida kecha, yakshanba kuni sodir bo‘lgan fojea oqibatida 14 bola qurbon bo‘ldi, 12 kishi kasalxonada.

 

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Kareliya respublikasida kecha, yakshanba kuni sodir bo‘lgan fojea oqibatida 14 bola qurbon bo‘ldi. Qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha 5 kishi hibsga olindi, RIA Novosti xabari asosida.

Eslatib o‘tamiz, kecha yakshanba kuni, Kareliyaning Samozero ko‘lida 51 nafar 12-15 yoshli o‘smirlardan tashkil topgan bolalar guruhi damlama qayiqlarda suzishga chiqadi. Ular suvda bo‘lgan vaqtda kuchli shamol turib shtorm boshlanadi. Kuchli va baland to‘lqinlardan  qayiqlar ag‘darilib ketadi. Fojea oqibatida 14 kishi qurbon bo‘ladi va 23 kishi jabrlanadi, ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda kasalxonalarga joylashtirilgan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga asosan, ushbu kungi ob-havo va shtorm haqida oldindan aholiga televidenie, radio va shaxsiy sms xabarlari orqali xabar berilgan.

 

 

Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi “Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi va ushbu fojeali sayohat tashkilotchisi bo‘lgan “Samozero” park-otel direktori Yelena Reshetova, uning o‘rinbosari Vadim Vinogradov va yana uch nafar instruktorlar qamoqqa olingan.  

“Agar ushbu sayohat “tashkilotchilari” tergov ularni chetlab o‘tadi deb o‘ylayotgan bo‘lsa – ular qattiq adashadi. Bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan barcha aniqlanadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi”, — dedi Rossiya Tergov Qo‘mitasi vakili Vladimir Markin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qurbon bo‘lgan bolalar oilalalriga hamdarlik bildirdi va tergov-qidiruv organlarga ushbu fojea aybdorlarini aniqlashni topshirdi, ma’sul muassasalarga qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga yordam ko‘rsatish topshirildi, deb xabar qildi Dmitriy Peskov.

 

© Sputnik / Ilya Timin / Mediabankka o‘tishV Karelii vo vremya turpoxoda pogibli deti
V Karelii vo vremya turpoxoda pogibli deti - Sputnik O‘zbekiston
V Karelii vo vremya turpoxoda pogibli deti

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari maxsus majlisda “Samozero” bolalar lagerini butunlay yopishni va u yerdagi bolalarni ota-onalari huzuriga jo‘natishni talab qildi.  

Qurbol bo‘lgan bolalarning 10dan ortig‘i Moskvalik bo‘lgani uchun, Dushanba kuni Moskva va Kareliyada motam kuni deb e’lon qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0