TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi portlashda 14 kishi qurbon bo‘ldi, 8 kishi jarohatlandi, RIA Novosti Frans Press xabariga asosan.
Bugun ertalab Qobulda mikroavtobus portlatilgan. Unda qo‘riqlash xizmati xodimlari bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, ularning aksariyati Nepal fuqarolari bo‘lgan. Ushbu mikroavtobusda davlat xizmatchilari bo‘lgan, degan xabar o‘z tasdig‘ini topmadi.
OAV xabariga ko‘ra, ushbu terakt uchun javobgarlikni “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘z zimmasiga olgan.