O‘zbekistonda shaxsiy foydalanish maqsadida dori-darmonlar olib kirish tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishDori-darmonlar
Dori-darmonlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga muvofiq, Respublikaga kirib kelayotgan jismoniy shaxs o‘zi bilan birga, doimiy istiqomat qiladigan mamlakati yoki kirib kelayotgan mamlakati tibbiyot muassasasining hujjati bo‘lsa, davolanish maqsadida 7 kunga yetadigan giyohvand dorilarni olib kirishiga ruxsat beriladi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shaxsiy foydalanish maqsadida dori-darmonlar va tibbiy anjomlarni olib kirish va olib chiqish tartibini tasdiqladi, deya xabar qilmoqda "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 8-iyun sanasida qabul qilgan Nizomga muvofiq, respublikaga kirib kelayotgan jismoniy shaxs o‘zi bilan birga, doimiy istiqomat qiladigan mamlakati yoki kirib kelayotgan mamlakati tibbiyot muassasasining hujjati bo‘lsa, davolanish maqsadida 7 kunga yetadigan giyohvand dorilarni olib kirishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar tibbiyot ma’lumotnomasi bo‘lmagan taqdirda ham 5 tagacha turli nomdagi psixotrop dorilarni davolanish kursi doirasida olib kirishi mumkin bo‘ladi. Ammo dorilarning har biri 2 to‘plamdan oshmasligi shart.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar bojxona chegarasidan o‘tayotgan vaqtda, o‘zlarida giyohvand hamda psixotrop moddalar borligini ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Bunda, yuqorida qayd etilganidek, giyohvand moddaga ilova tariqasida, tibbiy ma’lumotnoma, dori nomi, uning shakli va davolash kursiga ketadigan miqdorini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Shaxsiy foydalanish uchun 10tagacha turli dori vositalari va tibbiyot anjomlarini olib kirish yoki olib chiqishda hech qanday tibbiy ma’lumotnoma talab etilmaydi, ammo ularning har biri 5 to‘plamdan ko‘p bo‘lmasligi shart. Tibbiyot anjomlari ham 5 donadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Yangiliklar lentasi
0