Putin Tramp haqida: u yorqin inson, unga boshqa xarakteristika bermaganman

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum vaqtida
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda o‘tgan xalqaro iqtisodiy forum vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning Rossiya-Amerika munosabatlarini tiklash istagini iliq qabul qilaman, deya ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

TOShKENT, 18-iyun Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Donald Trampning Moskva bilan munosabatlarni tiklash istagini iliq qarshi olaman, deya ta’kidladi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin: dunyoga zabardast AQSh kerak, lekin uning Rossiyaga qanday yashashni o‘rgatishi ortiqcha
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida boshlovchi Rossiya prezidenti Trampga “buyuk, iste’dodli va o‘ta aqlli odam” deya ta’rif berganini aytib, Putindan amerikalik milliarder haqida bunday fikrga borishiga nima sabab bo‘lganini so‘radi.

"Nima sababdan hamma narsani soxtalashtirapsiz?… Axir, o‘zingizga ayon nima deganim — gap orasida Tramp – yorqin inson degan edim. Nima, u yorqin emasmi? Yorqin. Men unga boshqa xarakteristika bermaganman. Men bir narsani iliq qabul qilaman: janob Tramp Rossiya-Amerika munosabatlarini to‘liq tiklashga tayyorligini aytdi, buning yomon joyi yo‘q. Buning nimasi yomon? Biz hammamiz buni yaxshi qabul qilamiz, siz-chi – yo‘qmi?” – deya javob qaytardi boshlovchiga Putin.

 

Yangiliklar lentasi
0