TOShKENT, 18-iyun — Sputnik, Ivan Bulatov. Xitoyning Fransiyadagi elchisi, shuningdek XXR Raisi Mao Szedunning tarjimoni bo‘lgan U Szanmin bugun avtohalokat natijasida halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Xitoy xalqaro radiosidan olingan xabar asosida.
U Szanmin 77 yoshda bo‘lgan. Avtohalokat Xubey provinsiyasining Uxan shahrida sodir bo‘lgan. Fojia tafsilotlari aytilmayapti.
Sinxua agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Szanmin 1959-yilda XXR TIVga ishga qabul qilingan. Diplomat shuningdek, Xitoy sobiq Bosh vaziri Chjou Enlay tarjimoni sifatida ham faoliyat yuritgan, turli xalqaro tadbirlarda xitoy delegatsiyalariga boshchilik qilgan. Szanmin bundan oldin XXRning BMT va Niderlandiyadagi elchisi bo‘lgan.
Fransiyada elchi sifatida faoliyati davomida Buyuk yetakchi ordeni bilan taqdirlangan.