TOShKENT, 18-iyun – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyat vazirlarining o‘n uchinchi yig‘ilishi 2016-yilning 21-22iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi shanba kuni O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
"Yig‘ilishda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning tegishli vazirliklari rahbarlari madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlarini hamda ko‘p tomonlama hamkorlik kun tartibiga kiradagan boshqa mavzularni muhokama qiladilar", — deyiladi xabar matnida.
Bugungi kunda ShHT a’zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega. 2015-yilda tashkilotga Hindiston va Pokistonni kirtish jarayoni ishga tushirilgan edi.