Xitoy Xalq Respublikasi Raisi 21-iyunda O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Press-slujba prezidentaO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va XXR Raisi Si Szinpin
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va XXR Raisi Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar muhokama etiladi.

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2016-yil 21-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar muhokama etiladi.

Tashrif dasturida Xitoy Raisining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq so‘zlashi ham ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qo‘shma bayonotini qabul qilish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bitimlar va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0