TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Sputnik xalqaro axborot agentligi va radiosi Janubiy Osetiya respublikasida multimediya tahririyat markazini ochdi.
Markaz tarkibidan rus va osetin tillarida faoliyat yurituvchi portal, yuqori texnologiyali matbuot-markazi hamda radio o‘rin olgan. Markaz Janubiy Osetiya prezidenti Leonid Tibilov hamda Sputnik Janubiy Osetiya rahbari Narek Ordan tomonidan ochildi.
Sputnik (sputniknews.com) — o‘nlab mamlakatlarda o‘z radio va multimedia xablariga ega bo‘lgan, axborot agentligidir. Sputnik 30 tilda axborot tarqatuvchi internet sahifa, analogli va raqamli radio va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan iborat. Sputnik yangiliklar lentasi to‘htovsiz ravishda inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.