Jinoyatchilar Rossiyaga kirishini ta’qiqlovchi qonun qabul qilinmadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishRossiya Davlat Dumasi
Rossiya Davlat Dumasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan chet el fuqarolariga Rossiyaga kirishni ta’qiqlovchi qonun loyihasi qabul qilinmadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda Rossiyada chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar 2014-yilga qaraganda 4,4 % ga ko‘paydi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiya Kommunistik partiya vakillari Davlat dumasiga o‘z mamalkatida og‘ir jinoyat sodir etgan chet el fuqarolariga Rossiya hududiga kirishni ta’qiqlash haqida qonun loyihasini kirtishgan edi.

Ushbu qonun loyihasi taklif qilinishiga sabab 2015-yilda chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar sonining oshishidir. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududida 2015-yilda chet el fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar soni 46,4 mingni tashkil qildi, bu 2014-yilga qaraganda 4,4 % ga ko‘p.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiya hududida yoki boshqa mamalkatda og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan chet el fuqarolariga yoki fuqarosiz shaxslarga  Rossiya Federatsiyasiga kirish ta’qiqlanadi. Undan tashqari Rossiyada “Yashashga ruxsatnoma”si bo‘lgan yoki vaqtincha yashash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ham ruxsatnomalari bekor  qilinishi ko‘zda tutilgan.

Davlat Dumasi Konstitutsiya qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini qabul qilmadi.

“Ushbu qonun chet el fuqarolariga nisbatan o‘ta qattiqqo‘l choralar qabul qilishni talab qiladi, lekin loyiha avtorlari bir vaqtlar qayerdadir jinoyat sodir etgan shaxslar, Rossiya hududida yana qayta jinoyat sodir etayotgani haqida yetarli dalil va statistik  ma’lumotlar keltirilmagan”, — deyilgan Konstitutsion Qo‘mitaning xulosasida.

Yangiliklar lentasi
0