Fransuz politsiyachisi mamlakat prezidenti va Bosh vazir bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishFransiya politsiya xizmati xodimlari
Fransiya politsiya xizmati xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu hafta qotillik qurboniga aylangan ikki politsiyachining xotirlash marosimida so‘zlangan nutqdan so‘ng, prezident Olland, qator bo‘lib turgan huquq-tartibot organi xodimlarining qo‘llarini birma-bir siqib kela boshlagan, politsiyachilardan biri esa prezident qo‘l uzatganda, joyida qimirlamasdan turavergan.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Fransuz politsiyachisi yaqinda Fransiyada o‘ldirilgan huquq tartibot xodimlari xotirasiga uyushtirilgan rasmiy marosimda mamlakat prezidenti Fransua Olland va Bosh vazir Manuel Valsning  qo‘lini siqishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Politsiya xizmati xodimi bo‘lgan, qotillik qurboni bo‘lgan juftlikni xotirlash marosimida so‘zlangan nutqdan so‘ng Olland qator bo‘lib turgan politsiyachilarning qo‘lini birma-bir siqib kela boshlagan, politsiyachilardan biri esa prezident qo‘l uzatganda, joyida qimirlamasdan turavergan.

 

Nashr xabariga ko‘ra, politsiyachi, shuningdek, Fransiya Bosh vazirining qo‘lini siqishdan ham bosh tortgan. Shundan so‘ng Bosh vazir politsiyachi yaqiniga borib, taxminlarga ko‘ra, uni koyigan. Bosh vazir politsiyachiga nimalar degani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, seshanbaga o‘tar kechasi bir erkak o‘zining politsiyachi-qo‘shnisiga pichoq bilan tajovuz qilib, uni o‘ldirgan, so‘ngra uning xotini va farzandini garovga olgan. Operatsiya davomida qotil spesnazchilar tomonidan yo‘q qilingan. Ammo tajovuzkor politsiyachining  rafiqasini ham o‘ldirishga ulgurgan. Ayol ham Fransiya IIVda ishlagani ma’lum. Uch yashar go‘dakka ziyon yetmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0