Toshkent aeroporti 24-iyun kuni 5 soatga yopiladi

Obuna bo‘lish
Vaqtinchalik choralar ShHT sammiti o‘tkazilishi munosabati tufayli ro‘y bermoqda. Shuningdek, 23-24 iyun kunlari aviayo‘lovchilardan ro‘yxatdan o‘tishga ertaroq kelish so‘ralmoqda.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi yo‘lovchilarni 24-iyun kuni aeroport vaqtincha (soat 13.00dan 18.00ga qadar) yopilishi haqida ogohlantirmoqda.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi o‘z mijozlarini ogohlantiradi: 24.06.2016 yil, mahalliy vaqt bilan soat 13.00dan 18.00ga qadar "Toshkent" xalqaro aeroporti ShHT sammiti rasmiy delegatsiyalari samolyotlarini kuzatish munosabati bilan yo‘lovchilar reysini amalga oshirmaydi", — deyiladi xabar matnida.

Shuningdek, aviayo‘lovchilardan 23-24 iyun kunlari ro‘yxatdan o‘tish uchun aeroportga reysdan to‘rt soat oldinroq kelishlari lozimligi so‘ralmoqda. Bu haqdagi ogohlantirish aviakassa va sayyohlik agentliklariga tarqatildi.

Qo‘shimcha ravishda jadvallarda o‘zgarishlar ehtimoli borligi haqida ma’lum qilinib, xalqaro va mahalliy reyslar yo‘lovchilaridan parvozning aniq vaqtini qo‘ng‘iroq qilib aniqlash so‘ralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0