Qirg‘iziston janubida Suriyada bo‘lib kelgan terrorchilar guruhi ushlandi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishAsirga ushgan jangarilar
Asirga ushgan jangarilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ularning turar joyi tintuvdan o‘tkazilganda, avtomatik qurol va patronlar, F-1 granatasi, katta miqdorda qurol-yarog‘, ekstremistik adabiyotlar, va jihod mavzusida materiallar bo‘lgan turli elektron axborot tashish vositalari topilgan.

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Suriyada janglarda qatnashib uyiga qaytib kelgan terrorchilar guruhi Qirg‘iziston janubida qo‘lga olindi, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga asosan.

“Qirg‘iziston respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi o‘tkazgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Batken viloyati hududida T.T., M.K. va M.A. ismli xalqaro terrorchi tashkilot a’zolari aniqlangan va qo‘lga olingan. Ular Suriya hududida terrorchilar lagerida tayorgarlikdan o‘tib, Suriya hukumatiga qarshi jangovor operatsiyalarda qatnashgani aniqlangan”, — deylgan muassasa xabarida.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Qirg‘izistonga “xalqaro terrorchi tashkilotlarning yashirin bo‘linmalarini tashkil qilish va qo‘lbola portlovchi moslamalar yordamida shaharlarda terrorchilik aksiyalari o‘tkazish maqsadida kelishgan.

Ularning turar joyi tintuvdan o‘tkazilganda, avtomatik qurol va patronlar, F-1 granatasi, katta miqdorda qurol-yarog‘, ekstremistik adabiyotlar, va jihod mavzusida materiallar bo‘lgan turli elektron axborot tashish vositalari  topilgan.

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro terrorchi guruhlar safida 500ga yaqin  Qirg‘iziston fuqarolari bor. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor. Qirg‘iz maxsus xizmatlari xabariga ko‘ra, kerakli “hunarlar” o‘rganishganidan keyin terrorchilar MDH hududiga qo‘poruvchilik faoliyati amalaga oshirish uchun yuborilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0