TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Moskva viloyati hukumati Solnechnogorsk tumanida Mersedes yengil mashinalari ishlab chiqaradigan zavod qurilishi uchun ruxsatini kutishmoqda, dedi jurnalistlarga Andrey Vorobyev Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy forumda bo‘lgan norasmiy suhbatda.
“Shuni tasdiqlashim mumkin-ki, Sanoat vazirligiga maxsus sarmoya shartnomasi tuzish haqida ariza berilgan, u imzolangan taqdirda, Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanida “Mersedes” avtomobillari ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi”, — dedi Vorobyev.
Yaqinda Moskva viloyat Dumasi, yengil avtomobil zavodlari uchun yerni arzon narda ijaraga berish haqida qonun qabul qildi. Shundan keyin “Daymler” konserni, Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanida o‘zining, to‘liq siklda ishlaydigan, yengil avtomobillar zavodi qurish rejasini e’lon qildi.
Ushbu yilning aprel oyida ZAO "Mersedes-Bens RUS" Moskva viloyatining Solnechnogorsk tumanida 8.5 ming gektar yerni arendaga olgan edi.