Nihot Zaybekchi: Anqara "Su-24" samolyotini urib tushirganidan pushaymon emas, "qayg‘uda" xolos

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishTurkiya
Turkiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Iqtisod vazirining so‘zlariga qaraganda, "Su-24" mojarosida Rossiya tomon to‘liq nohaq.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Turkiya Iqtisod vaziri Nihot Zaybekchi Turkiya Rossiya bombardimonchisining urib tushirilishi bilan bog‘liq voqeadan pushaymon emas, balki "qayg‘uda"ligini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Zaybekchining so‘zlariga qaraganda, Rossiya ushbu holatda nohaq, sababi unga qarashli samolyot uchuvchiga bildirilgan "son-sanoqsiz" ogohlantirishlarga qaramasdan, Turkiya havo bo‘shlig‘ida "13 yoki 14 daqiqa" qolgan.

Vazirning ta’kidiga qaraganda, Moskva va Anqara o‘rtasidagi mojaro ikkala tomon uchun ham noxush oqibatlar bilan yakunlandi va shu bois, "munosabatlarni iloji boricha tezroq tiklash lozim".

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar 2015-yilning noyabr oyidan so‘ng darz ketgan edi. O‘shanda Turkiyaqa qarashli qiruvchi samolyot Rossiyaning Su-24 bombadimonchisini Suriya osmonida urib tushirdi. Oxirgi vaqtlarda Anqara Moskva bilan munosabatlarni tiklash haqida bot-bot og‘iz ochmoqda, ammo Rossiya buning uchun ma’lum shartlar amalga oshirilishi talabini qo‘ygani uchun, Turkiya tomonidan bildirilayotgan takliflarga jvob qaytarishga shoshilmayapti.

Yangiliklar lentasi
0