O‘zbekistonda oxirgi 20-yil ichida nasha maydonlari deyarli yo‘q qilindi

© Sputnik / Sergey Jukov / Mediabankka o‘tishKo‘knor o‘simligi
Ko‘knor o‘simligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Narkotiklarga qarshi kurash markazi xabariga ko‘ra 2015-yilda “Qoradori” operatsiyasi vaqtida 0.51 gektar nasha maydoni yo‘q qilindi.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. 1995-2015 yillar davomida O‘zbekistonda narkotik moddalar ekiladigan maydonlar hajmi 400 gektardan 0,5 gektarga qisqardi. Narkotikli o‘simliklar yetishtirish mamlakatda butunlay yo‘q qilindi, deyilgan Milliy narkotiklar ustidan nazorat qiluvchi markaz xabarida.

“Qabul qilingan choralar natijasida tarrkibida narkotik moddalar bo‘lgan o‘simliklar yetishtirish yildan yilgan kamayib bormoqda. 1995-yilda o‘tkazilgan “Qoradori” operatsiyasi natijasida 400 gektar nasha maydoni topilgan bo‘lsa, 2015-yilda o‘tkazilgan operatsiyada ularning hajmi 0.5 gektarni tashkil qildi”, —  deyilgan Milliy narkotiklar ustidan nazorat qiluvchi markaz xabarida.

Narkotiklarga qarshi kurash milliy markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan “Qoradori-2015” operatsiyasi davomida 621 kilogramm narkotik moddalar qo‘lga olindi. 2014-yilda shunday operatsiyada 852 kilogramm narkotik topilgan edi.

Topilgan nasha maydonlari, asosan, respublikaning tog‘li hududlarida, Afg‘oniston va Tojikiston hamda Qirg‘iziston chegarasi yaqinida joylashgan.

Umumiy hisobda O‘zbekistonda 2015-yilda 2,51 tonna narkotik moddalar hibsga olindi. 2014-yilda ushbu ko‘rsatkich 2,298 tonnani tashkil qilgandi. Narkotiklar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar soni 2015-yilda 6648 bo‘lsa, 2014-yilda 6698 ta edi.

 

Yangiliklar lentasi
0