Maxsus reportaj: Ahmadboy piramidasining olamshumul qulashi

© Gruppa v sossetax "Voditeli Tashkenta"Ahmadjon Tursunboyevning moliyaviy piramidasi fosh qilinishi
Ahmadjon Tursunboyevning moliyaviy piramidasi fosh qilinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezkor tadbirlar natijasida 13,1 milliard so‘m hamda 7,9 million AQSh dollari olib qo‘yildi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. "Toshkent" telekanalida payshanba kuni kechqurun O‘zbekistonda moliyaviy piramidaga asos solgan, xalq orasida "Ahmadboy" sifatida nom qozongan Ahmadjon Tursunboyev haqida qisqa maxsus reportaj namoyish etildi.

Reportajda xabar qilinishicha, Tursunboyev — Toshkent shahri Chinoz tumanida joylashgan “Chinoz xalol chorva" hamda "Chinoz avto Hamkor" korxonalari ta’sischisi. Ahmad Tursunboyev va uning xodimlari aholidan yiliga kamida 100 foizlik dividend va’dasi bilan milliy va chet el valyutalarini olish bilan shug‘ullanib kelgan. Va shu bilan birga ularga pullari qaytarilishi haqida hech qanday kafolat bermagan. Bundan tashqari, tomonlar kelishuviga muvofiq, biror kor-xol ro‘y bergan taqdirda, pul bergan insonning yaqinlari pullar

Ahmadboyga qarashli firmada o‘tkazilgan tintuv jarayonidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
Chinozlik Ahmadboy ijtimoiy tarmoqlarda kun qahramoniga aylandi
qaytarilishini talab qilishga haqli bo‘lmagan. Tursunboyev, yiliga 40% ustama haqi evaziga chet el valyutasini qarz berish bilan ham shug‘ullangan.

Bu operatsiyalarda ishtirok etgan odamlar soni bir necha o‘n mingni tashkil qiladi. Ahmadboyga pul bergan odamlardan biri, reportajda, Tursunboyevga 8 million so‘m topshirganini, bu pullar unga 10 oydan so‘ng 16 million so‘m tarzida — oyiga 1,6 million so‘mdan — qaytarilishi va’da qilingani haqida gapirdi.

Tursunboyevning moliyaviy yordamchisi intervyuda kunlik aylanma 3-4 milliard so‘m va 1 mln dollarni tashkil qilgani haqida gapirdi.

Oylik foiz to‘lovi evaziga, aholidan naqd pullardan tashqari, avtomobillar va boshqa qimmatbaho buyumlar ham  qabul qilingan.

Ishchi daftarlarda bitilgan yozuvlarni hisobga olmaganda, bu oldi-berdilarning birontasi rasmiy hujjatlarda qayd etilmagan.

O‘zbekiston so‘mi - Sputnik O‘zbekiston
Ahmadboy moliya piramidasi faoliyatiga - o‘z vaqtida chek qo‘yildi

Aholidan olingan mablag‘larning bir qismiga chet eldan turli tovarlar va qimmatbaho buyumlar olib kelinib, tadbirkorlarga ustama foiz evaziga tarqatilgan. Reportajda aytilishicha, Tursunboyev bu pullardan o‘zi uchun qimmatbaho avtomobillar xarid qilgan, shohona boshpana qurgan.

Reportajda berilgan xabarga ko‘ra, hibsga olingan bu ish bilan to‘rt-besh yildan beri shug‘ullanib kelgan.

Tursunboyev va uning yaqinlari uylarida, shuningdek, "boy"ga qarashli firmalarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ashyoviy dalil sifatida 13,139 milliard so‘m hamda 7,9 million AQSh dollari olib qo‘yilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0