O‘zbekiston - Markaziy Osiyodagi yashash uchun eng qimmat mamlakat

Obuna bo‘lish
Reytingni tuzishda iste’mol narxlari indeksi, turar joy ijarasi va oziq-ovqat mahsulotlari narxi, restoranlardagi narx-navo hamda aholining xarid qilish imkoniyatlari hisobga olingan.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Numbeo portali tomonidan tuzilgan Cost of Living Index reytingida O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida yashash indeksi eng qimmat bo‘lgan mamlakat sifatida qayd etildi. 2016-yilgi reytingda yashash eng qimmat bo‘lgan 122 mamlakat orasida O‘zbekiston 72-o‘rinni egalladi.

Reytingni tuzishda iste’mol narxlari indeksi, turar joy ijarasi, oziq-ovqat mahsulotlari narxi, restoranlardagi narx-navo va aholining sotib olish imkoniyatlari hisobga olingan.

Bermud, Shveysariya, Bagama, Norvegiya hamda Islandiya davlatlari mazkur reytingda dunyodagi eng qimmat mamlakatlar sifatida qayd etildi.

O‘zbekiston ushbu reytingda 72-o‘rinni egalladi. O‘tgan yilgi reytingda mamlakatimiz 59-o‘rinni egallagan edi.

Reytingga ko‘ra, Hindiston, Moldova, Pokiston, Qozog‘iston va Nepal mamlakatlarida yashash birmuncha arzon.

Yangiliklar lentasi
0