Lavrov: G‘arb sobiq Ittifoq respublikalaridan kim bilan bo‘lishni tanlashni talab qilmoqda

Obuna bo‘lish
Sankt-Peterbrugda bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy forumda Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov “G‘arbning sobiq Ittifoq respublikalariga “siz kim bilan” ma’nosidagi savoli Ukraina inqiroziga olib keldi, - dedi.

TOShKENT, 16-iyun – Sputnik.  Rossiya hech qachon ziddiyat tarafdori bo‘lmagan, aksincha doimo teng huquqli dialog asosida ishlashni istagan, dedi Sergey Lavrov o‘z nutqida.  

Uning so‘zlariga qaraganda Moskva Yevropa bilan keng ko‘lamli hamkorlik qilishga tayor: “YeI Moskva bilan hamkorlikni imkon qadar cheklash tarafdori. Jumladan energetika sohasida ham. Shu bilan bir vaqtda ular YeIga kerak bo‘lganda bizni hamkorlikka taklif qilish imkoniyatini saqlab qolmoqchi. Rssiya bilan hamkorlikni cheklash talablarning katta qismi okean ortidan talab qilinmoqda”, — dedi Ministr.

“Hamkorlik o‘zaro foydali asosda bo‘lishi kerak. Bir tarafdan Rossiyanng Yevropada siqib qo‘yish va NATOni kuchaytirishga talab bor. Bugungi kundagi iqtisodiy inqiroz Biz Yevropa bilan kelajakda qanday yashaymiz degan savollarga javob berishi kerak. Biz xafa bo‘lib, o‘zimizni yakkalab qo‘ymaymiz. YeI – bizning muhim savdo hamkorimiz, madaniyat, xavfsizlik va savdo sohasidagi hamkorligimiz ikkala tomonga ham kerak”, — dedi Sergey Lavrov.

Lavrov Minsk shartnomalarini qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan urunishlar muvaffaqiyatsizligini va Yevropa Ukraina hukumati bilan ishlashni qayta davom ettishiga umid bildirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0