G‘ayratga to‘la bu ikki inson Vadim va Angelina Datlenkodir. Mittigina o‘yinchoq shahar maketini yaratish uchun ularning besh yil vaqti va yuz ming yevrosi ketgan. Minglab mitti odamchalar istiqomat qiladigan shaharda 500ta turar joy, 700ta daraxt va 200ta fonarchalar mavjud, deb xabar qilmoqda Sputnik Latviya.
Eng mitti ekponatlar bir millimetrdan kichik, ularning ayrimlarini hatto ko‘zoynak taqib ham ko‘rish mushkul. Mana, tovuqlar don cho‘qishmoqda, mushuk tomda pusib yotibdi, chirog‘i yongan vagonchalarda yo‘lovchilarni ko‘rish mumkin, kran ishlamoqda, port ishlamoqda, qurilish ishlari bormoqda, stol atrofida yig‘ilgan odamlar esa 1,5 millimetr kattalikka ega idishdan va 0,5 millimetrlik stakanlardan suv ichishmoqda.
Miniaturalar ko‘rgazmasi aksariyat yevropa davlatlarida mavjud, ularning eng yirigi Gamburgdagi Miniaturalar muzeyidir. Shuningdek, Berlindagi "Alikareks" va Gunsburgdagi "Legolend"lar ham miniaturalar ishtiyoqmanlarining sevimli joyiga aylangan. Rigadagi ko‘rgazma faqatgina bir hafta davom etadi, ammo hozircha Vadim va Angelina doimiy ekspozitsiya uchun qulay joy qidirshmoqda.