Gvineya prezidenti o‘z mamlakati Xitoy o‘rnini bosa olishini ma’lum qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGvineya Respublikasi prezidenti Alfa Konde
Gvineya Respublikasi prezidenti Alfa Konde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gvineya Respublikasi prezidenti Alfa Kondening so‘zlariga qaraganda, Gvineya Xitoy o‘rnini bosa oladigan "global zavod"ga aylanishi mumkin.

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Gvineya Xitoy o‘rnini bosadigan "global zavod"ga aylanishi mumkin, deya bayonot berdi Gvineya Respublikasi prezidenti Alfa Konde. RIA Novosti xabari asosida.

"Bizda texnologiya va ishlab chiqarish korxonalari mavjud ekan, demak, Xitoy o‘rniga "jahon zavodi" bo‘la olamiz va Yevropaga katta miqdorda mahsulotlarni yetkaza olamiz", — dedi u bugun Sankt-Peterburgda ochilgan xalqaro iqtisodiy forum(PXIF-2016)da so‘zlagan nutqi davomida.

Eslatib o‘tamiz, Gvineya — G‘arbiy Afrikadagi kichik bir davlat. Aholisi soni — 11 million kishi. Gvineya boksit(alyumin rudasi), oltin, olmos, meva va sabzavotlar eksporti bilan shug‘ullanadi.

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishBulobinadagi baliq bozori porti
Bulobinadagi baliq bozori porti - Sputnik O‘zbekiston
Bulobinadagi baliq bozori porti
Yangiliklar lentasi
0