TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Ba’zi bir cheklovlar (misol uchun sammit bo‘lib o‘tishi munosobati bilan 15-25 iyun kunlari O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasi yopilishi va shunga o‘xshash holatlar)ga qaramay, toshkentliklarning ShHT tufayli Toshkentda ro‘y bergan o‘zgarishlardan boshi osmonda. Bu haqda facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolari qoldirgan izohlardan bilib olish qiyinmas.
Misol uchun, Vacheslav Skemskiy niki ostidagi foydalanuvchi Toshkent ko‘chalarida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlardan hayratini yashira olmayapti. "Avtomobillar qayerga g‘oyib bo‘ldi? Nahotki, haydovchilarning aksariyati viloyatliklar bo‘lgan? Yo‘llarda tirbandliklar yo‘q, ajoyib!!!", — deya izoh qoldirgan u.
Sevara Rashidova esa unga javoban "ShHT bir umrga Toshkentga ko‘chib o‘tishini xohlaymiz", — degan.
Alex Cheremcin niki ostidagi foydalanuvchi esa, ShHT tufayli ilk marotaba yo‘llarda osudalikni his qilganini ta’kidlab o‘tgan. "Povorotnik"larni yoqishadigan bo‘lgan, shuning o‘zi ham katta gap. ShHT sammitiga tayyorgarlik boshlangandan beri yo‘llarda osudalik hukm surmoqda. Qani edi hamisha shunday bo‘lsa", — deya izoh qoldirgan u.