Shveysariya Yevropa Ittifoqiga kirish fikridan qaytdi

Obuna bo‘lish
Ushbu qaror ramziy ma’noga ega, chunki o‘tkazilgan umumxalq referendumida mamalkat aholisi Shveysariyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqqanidan keyin, ariza o‘z kuchini yo‘qotgan edi.

TOShKENT, 16-iyun — Sputmik. Shveysariya paralmentining yuqori palatasi Yevropa Ittifoqiga kirish uchun 1992-yilda yuborilgan arizani qaytib olish uchun ovoz berdi,  Neue Zürcher Zeitung nashri xabari asosida.

Shveysariya kantonlar (viloyatlar) Kengashi deputatlarining katta qismi YeIga qo‘shilish uchun 1992-yilda yuborilgan arizani qaytarib olish tarafdorlari bo‘lishdi. YeIga qo‘shilmaslik tarafdorlari 27 kishi, arizani saqlab qolish tarafdorlari 13 kishi bo‘lishdi. Shunday qilib, oldin Milliy kengash tomonidan qabul qilingan qaror tasdiqlandi.

Nashr xabariga ko‘ra, ushbu qaror ramziy ma’noga ega, chunki o‘tkazilgan umumxalq referendumida mamalkat aholisi Shveysariyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqqanidan keyin, ariza o‘z kuchini yo‘qotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0