Jahon Banki O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi dasturini tasdiqladi

© BRENDAN SMIALOWSKI / AFPVashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi
Vashingtondagi Jahon Banki shtab-kvartirasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon Banki O‘zbekistonda suv ta’minotini, sanitariya sharoitlarni, ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini yaxshilashda hamda transport qulayligi shahar rivojlanishini ta’minlashda yordam ko‘rsatadi.

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Jahon Banki direktorlar kengashi 2016-2020 yillarda O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi dasturini tasdiqladi, bank xabariga asosan.  

Yangi konsepsiya asosiy uch sohani rivojlantirishga qaratilgan: qishloq xo‘jaligining raqobatbardoshligini oshirish, paxta yetishtirish sohasini yangilash va davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.

Birinchi yo‘nalish bo‘yicha Jahon Banki tadbirkorlik uchun sharoitlarni yaxshilab, xususiy sektorga sarmoya kiritadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat, yerdan va suvdan foydalanish  samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi.

Davlat xizmatlari sifatini oshirish yo‘nalishida, aholini suv bilan ta’minlash, sanitariya, ta’lim va sog‘liqni saqlash, transport sohasi va shahar rivojlanish yo‘nalishida faoliyat olib boriladi.

JB xabariga ko‘ra, yangi dastur O‘zbekistondagi iqtisodiy sharoit, qiyinchilklar va cheklanishlarni birgalikda tahlil qilish natijasida ishlab chiqilgan. Undan tashqari dastur ko‘plab davlat  tashkilotlari, jamoat vakillari bilan bo‘lgan suhbat va maslahatlar asosida yaratilgan.

Yangi konsepsiya O‘zbekistonning 2030-yilga kelib dunyodagi o‘rta daromadli mamlakatlarning yuqori segmentidan o‘rin olish milliy g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu maqsadga iqtisodiy raqobat, tadbirkorlik uchun sharoitlarni yaxshilash, yangi ish joylari yaratish bo‘yicha infratizimni rivojlantirish asosida erishish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston 1992-yildan beri Jahon Banki tizimi a’zosi.

Yangiliklar lentasi
0