TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va AQSh markaziy qo‘mondonlik boshlig‘i Jozef Votel Afg‘onistondagi vaziyatni muhokamaqilishdi, prezident matbuot xizmati xabariga asosan.
Islom Karimov yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng O‘zbekistonga ilk bor kelgan mehmonni qutlar ekan, uni yuksak va mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, avvalo, o‘zaro manfaatga, jumladan, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga asoslangani ta’kidlandi. Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama etildi.
Oxirgi vaqtlarda Afg‘onistondagi vaziyat notinchligicha qolmoqda. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi yaqinda tarqatgan xabariga ko‘ra, oxirgi o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida 117ta jangari yo‘q qilingan, ular orasida 15ta “Islom davlati” terrorchilik guruhi a’zolari bor.