UYeFA Rossiya termasini qanday jazolashni o‘ylab topdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishYevro-2016
Yevro-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UYeFA Rossiya termasini Yevro-2016 oxiriga qadar shartli ravishda diskvalifikatsiya qildi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Yevro-2016 musobaqasi saralash o‘yinlarida Rossiya-Angliya uyini vaqtida terma jamoalar futbol muxlislari orsida bo‘lib o‘tgan qoidabuzarliklar oqibatida, UYeFA Rossiya Futbol Ittifoqiga 150 ming Yevro jarima soldi.

Shartli diskvalifikatsiyaning ma’nosi – agar yana bir marta shunday tartibsizliklar ro‘y bersa Rossiya terma jamoasi chempionatdan chetladiladi. Rossiya futbol ittifoqi appelyatsiya qilish huquqiga ega.

Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutkoning fikriga ko‘ra – bu haddan ziyod qattiqqo‘llik.

“Jamoaning bunga nima aloqasi bor. Ular aybdor emas-ku”, — dedi Mutko.

Eslatib o‘tamiz Rossiya – Angliya o‘yinidan keyin bir guruh Rossiyalik futbol muxlislari Angliya muxlislari o‘tirgan tribunaga bostirib borib mushlashuv  uyushtirgan. Undan tashqari ba’zilar ta’qiqlangan pirotexnika ishlatgan. Jinoat oqibatlari haligacha o‘rganilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0