Erdo‘g‘on Putinga xat yozdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishToyyip Erdo‘g‘on
Toyyip Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabrik xatida Erdo‘g‘on kelajakda Rossiya va Turkiya munosobatlari munosib darajaga ko‘tarilish istagini bildirgan.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Vladimir Putinga xat yo‘llab, prezidentni va rossiyaliklarni bo‘lib o‘tgan Rossiya Kuni bilan tabrikladi.

“Muhtaram prezident janoblari! Butun turk xalqi nomidan sizning qiyofangizda Rossiya xalqini Rossiya Kuni bilan tabriklayman. Shu bilan birga kelajakda Rossiya va Turkiya munosobatlari munosib darajaga ko‘tarilishini istayman”, — deyilgan tabrik xatida.

Shu bilan bir vaqtda, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni ham tabriklab, “kelajakda mamlakatlar orasidagi hamkorlik va munosobatlar ikki xalq manfaatlariga muvofiq darajaga ko‘tarilish” istagini bildirdi.

Rossiya va Turkiya munosobatlari 2015-yil noyabrida Suriya osmonida Turkiya tomonidan Rossiya bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan keyin keskin o‘zgardi. Rossiya Turkiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritdi. Erdo‘g‘on, bir necha bor “ushbu mojaroni qanday hal qilish kerakligini tushunmayotganini” ta’kidladi. Rossiya bo‘lsa, “Haligacha Turkiyadan kechirim so‘rashni va tovon puli to‘lashini kutayotganini”, aytib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0