AQSh generali O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazdi

© U.S. Army Staff Sgt. Sean K. HarpAQSh Markaziy Qo‘mondonligi rahbari Djozef Leonard Votel
AQSh Markaziy Qo‘mondonligi rahbari Djozef Leonard Votel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning vaqtincha ishonchli vakili general Lessli Viguri O‘zbekiston TIVda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda qatnashdi.

TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. AQSh Harbiy qo‘shnlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari Jozef Votel O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi muassasa matbuot xoxmati.

“Tomonlar o‘zbek-amerika kun tartibida turgan bir necha masalalarni ko‘rib chiqishdi. Xalqaro va regional muammolar haqida fikr almashishdi”, — deyilgan xabarda.

Bu CENTCOM rahbariyatining 2016-yilda O‘zbekistonga qilgan birinchi tashrifidir. 2013-yilning fevral oyida ushbu muassasa vakillari O‘zbekistonga tez-tez kelib turishar edi.2013 yilning fevral oyida AQSh hukumati AQSh Davlat departamenti, Kongressdan olingan ruxsatnoma asosida O‘zbekistonga qurol-aslaha yetkizib berish huquqidan foydalandi. Xususan, gap qurol-yarog‘ va himoya uchun kerak bo‘ladigan  harbiy texnika haqida ketmoqda.

2015 yilda AQSh hukumati O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga 328ta zirhlangan avtomobil yetkizib berdi. Ulardan 308tasi og‘ir vaznli minadan himoyalangan  avtomobillar va 20 ta zirhlangan ta’mirlash va evakuatsiya qilishga mo‘ljallangan avtomobillardir. 

Yangiliklar lentasi
0