TOShKENT, 14-iyun —Sputnik. Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha MDH davlatlari orasida O‘zbekiston birinchi o‘rinda. 2016-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga 256 mln dollar o‘tkazildi. Rossiya Banki ma’lumotiga qaraganda, bir yil oldin ushbu mablag‘ 463 mln $ni tashkil qilgan edi.
Pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – Qirg‘iziston, 150 mln $ pul o‘tkazgan, uchinchi o‘rinda esa – Ukraina, 137mln $ o‘tkazgan.
2016 yilda xalqaro pul o‘tkazmalar tizimi bo‘yicha MDH davlatlaridan Rossiyaga 324 mln $ o‘tkazilgan. Ayni damda 2014, 2015-yillarda ushbu ko‘rsatkich 720 va 756 mln $ ni tashkil qilgan edi.