AQSh va Yevropa aholisi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish borasida turli fikrga ega

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishRossiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari
Rossiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanksiyalarni uzaytirishni hammadan ko‘p - AQSh aholisi xoxlaydi. “sanksiyalarni olib tashlash kerakmi yoki uzaytirish degan savolga AQSh fuqarolarining 42 % - “uzaytirish kerak” deb javob berdi.

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Sputnik.Mneniya o‘tkazgan so‘rovga asosan, Yevropa aholisining salkam yarmi – 47%, 2016-yilning iyunida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlash tarafdori. Italiyada —51 %, Germaniyada – 48%, Fransiyada esa – 43% aholi ushbu fikri qo‘llab-quvvatlaydi.

AQShda bo‘lsa – aholining 29% Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni olib tashlash tarafdori. So‘rov fransiyaning Ifop va Britaniyaning Populus kompaniyalari tomonidan Sputnik agentligi buyurtmasiga asosan o‘tkazildi.

Sanksiyalar uzaytirilshini hammadan ko‘p AQSh aholisi xoxlaydi. So‘ralgan amerikaliklarning 42% buni tasdiqladi. Germaniya va Fransiyada 31 va 29 % aholi, Italiyada bo‘lsa 27% aholi shunday fikrda. Siyosat bilan ishi yo‘q, ya’ni ilmadim deb javob bergan fuqarolar soni Germaniyada — 21%, Italiyada —22%, Fransiyada – 28% va AQShda —29% ni tashkil qildi.

So‘rov AQSh va Italiyada 2016-yilning 15-21 aprelda Populus kompaniyasi  tomonidan o‘tkazildi. Germaniya va Fransiyada so‘rov IFop kompaniyasi tomonidan 2016-yilning 14-18 aprelda o‘tkazildi. So‘rovda 4010 kishi qatnashdi. So‘ralganlarning jinsi, yoshi va turar joyi ham aniqlangan. So‘rovning xatolik koefitsenti – 3,1%, ehtimollik koefitsenti – 95%ni  tashkil qildi.

Jamiyat fikrini o‘rganishga qaratilgan Sputnik.Mneniya loyihasi 2015-yil yanvarida boshlandi. Populus, Ifop va Forsa izlanishlar kompaniyalari loyiha hamkorlaridir. Loyiha doirasida Yevropa va AQShda doimiy ravishda ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamiyat fikri o‘rganiladi.

Sputnik (sputniknews.com) — o‘nlab mamlakatlarda o‘z radio va multimedia xablariga ega bo‘lgan, axborot agentligidir. Sputnik 30 tilda axborot tarqatuvchi internet sahifa, analogli va raqamli radio va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan iborat. Sputnik yangiliklar lentasi to‘htovsiz ravishda  inglis, arab, ispan va xitoy tillarida chiqib turadi.

Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0