Rossiya birinchi bor "Yumshoq kuch"li mamlakatlar reytingida 30 o‘rinni egalladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishRossiya bayrog‘i rangidagi havo sharlari
Rossiya bayrog‘i rangidagi havo sharlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yumshoq kuch" (soft power) - bu bir mamlakatning boshqa mamlakatlarga o‘z madaniyati, jamiyatidagi qadr-qimmat va tashqi siyosat orqali ta’sir o‘tkazishi, qurol yoki pul bilan emas.

TOShKENT, 14-iyun —Sputnik. Britaniyaning Portland PR-agentligi dunyodagi “yumshoq kuch”ga ega bo‘lgan 30 mamlkat reytingini tuzdi. Ushbu reyting a’zolari boshqa mamlakatlarga o‘z jamiyatlarida mavjud bo‘lgan qadr-qimmat orqali ta’sir o‘tkazadi, qurol yoki pul bilan emas, deb yozadi “Kommersant” nashri.

Reyting rasman e’lon qilinishidan oldin jurnalistlar unda Rossiya 27-o‘rinni egallaganidan xabar topishdi. Bunga Rossiyaning Donbass mojarosidagi o‘rni va “Islom davlati”ga qarshi kurashdagi faoliyati sabab bo‘ldi. Oldin Rossiya ushbu reytingda 50-o‘rinni  egallagan edi.

2016 yilda “Yumshoq kuch” reytingida birinchi o‘rin AQSh egalladi. Bir yil oldin – Buyuk Britaniya edi, ikkinchi o‘rinda Germaniya, uchinchida esa  - Yaponiya.

Dunyodagi eng yaxshi fuqaroliklar bo‘yicha Rossiya 60 o‘rinni egalladi. Ushbu reyting ikki xil ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi: obyektiv va subyektiv. Obyektiv ko‘rsatkichlarga davlat boshqaruvining samaraliligi, biznes uchun mavjud sharoitlar, davlatning umuminsoniyat muammolarini hal qilishdagi o‘rni kabi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.

Subyektiv fikrlar esa, 25 mamalkatda jamoat fikrini o‘rganish asosida tuzilgan. Xususan, aholining turli mamalkatlar milliy taomlari, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, mamlakat obodonlashtirilganligi va fuqarolarning yashash sharoitlari, aholining xushmuomalaligi, mamalkat madaniyat va tashqi siyosat haqida so‘rov o‘tkazilgan.

Rossiya turli mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari soni va umuminsoniy muammolarga qarshi kurash ko‘rsatkichlarida eng yuqori natijalarga erishgan, deb yozadi "Kommersant" nashri.

Yangiliklar lentasi
0