Orlandolik mergan O‘zbekistondan kelgan rafiqasini muntazam do‘pposlagan

© AFP 2023 / Laura Buckman AQSh aholisi Orlandodagi fojia qurbonlari sharafiga sham yoqishmoqda
AQSh aholisi Orlandodagi fojia qurbonlari sharafiga sham yoqishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Omar Matinning sobiq rafiqasi u bilan internetda tanishgan va Floridaga borishga ahd qilgan. Ayolning ismi uning xavfsizligi uchun oshkor qilinmayapti.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Orlandodagi tungi klubda otishma sodir etgan Omar Matin, salga lovullab ketadigan fe’l-atvorga ega bo‘lgan va AQShga O‘zbekistondan kelgan xotiniga ko‘plab marotaba qo‘l ko‘targan. Bu haqda qotilning o‘zbekistonlik sobiq rafiqasi so‘zlab berdi.

AQSh politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Orlandodagi otishma: geylarga bo‘lgan nafratmi yoxud "ID" ta’siri?
29 yashar Matinning rafiqasining so‘zlariga qaraganda, "u o‘zini tutolmaydigan odam”. Washington Postga bergan intervyusida ayol o‘zining muntazam kaltaklanganligi haqida tilga olgan: "U uyga kelib, shunchaki kirni oxirigacha yuvmaganim uchun meni do‘pposlashni boshlashi mumkin edi". Matinning sobiq rafiqasining ismi uning xavfsizligini ta’minlash uchun oshkor qilinmayapti.
RIA Novostining xabar berishicha, ayol O‘zbekiston fuqarosi. Matin bilan u internet orqali tanishgan va Floridaga borishga ahd qilgan. Juftlik 2009-yilda o‘z munosabatlarini rasmiylashtirgan.

“U ko‘rinishidan boshqalardan farq qilmasdi”, — deb hikoya qiladi ayol eri bilan yashagan yillarini esga olar ekan. Ayol sobiq turmush o‘rtog‘i “ichimdagini top” deydiganlar xilidan bo‘lganini aytdi. Ayolning hikoyasiga qaraganda, Matin dindor bo‘lmagan, voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan ahloq tuzatish muassasasida posbon bo‘lib ishlagani va tez-tez mashg‘ulotlar zaliga qatnab turgan.

To‘ydan so‘ng bir necha oy o‘tgach, Matinning kirdikorlaridan xabar topgan qizning ota-onasi o‘z farzandini uylariga olib ketishgan. 2011-yilda esa juftlik rasman ajrashadi. Matinning oilasi AQShga Afg‘onistondan ko‘chib kelshgan, ammo Omarning o‘zi Nyu-Yorkda tug‘ilgan.

Eslatib o‘tamiz, Omar Matin tomonidan Orlandodagi tungi klublarning birida uyushtirilgan otishma tufayli 50 kishi halok bo‘ldi, yana 53 nafari jarohatlandi. Matinning o‘zi shturm vaqtida politsiyachilar tomonidan yo‘q qilindi. Orlandodagi otishma qurbonlar soni jihatdan AQSh tarixida yuz bergan shu turdagi eng yirik fojiaga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0