O‘zbekistonda ob-havo haroratining yangi rekordi qayd qilindi

© Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishIssiq havo
Issiq havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistonda chilla 6-iyundan boshlandi desak ham bo‘ladi. Yoz oylariga to‘g‘ri keladigan issiq ob-havo ro‘za tutadigan fuqarolarga ancha mushkullik tug‘dirmoqda.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda 9-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan issiq ob-havo, qayd qilingan meterologiya tarixida eng yuqori harorat bo‘ldi, deb xabar bermoqda meterologiya markazi.   

Respublika meteoxizmati xabariga ko‘ra, 9-iyun kuni Termezda ko‘rsatkichlar 44,4 gradusni ko‘rsatdi. Bu yilgi harorat 2008-yillgidan (43gradus) ham o‘zib ketdi. O‘zbekistonda ob-havo harorati 135-yildan beri, ya’ni 1881-yildan beri qayd qilib kelinmoqda.  

Bu yil Samarqand viloyatida ham yangi issiqlik rekordi o‘rnatildi — 37,7 gradus. Oldingi rekord 2013-yilda o‘rnatilgan bo‘lib u 37,5 gradusni tashkil qilardi. Bu yil 9-iyunda Toshkentda ham 40,5 gradusli, yangi temperatura rekordi o‘rnatildi.  

OB havoning keskin isib ketishi, ro‘za tutayotgan fuqarolarga ancha mushkullik tug‘diradi, desak adashmaymiz, chunki havo issig‘ida kun uzun suv ichmasdan uzoq vaqt yurish bu katta sinov. 

O‘zbekistonda saratonning eng issiq pallasi “chilla” deb ataladi, va u 25 iyundan 5-avgustga qadar davom etadi. Bu yil harorat iyun boshida 44 gradusdan oshgan bo‘lsa, chillada qanday bo‘lar ekan-a?

Aytmoqchi, kelayotgan dam olish kunlari ham havo harorati baland bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda havo kunduzi 38-43 darajagacha yetishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida issiqlik 44 darajagacha yetishi kutilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0