Ipak yo‘li - xalqaro ralli tashkilotchilari FSBga murojaat qildi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRalli «Dakar–2009»
Ralli «Dakar–2009» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy hududida bo‘lib o‘tadigan rallida qatnashish uchun 9 mamlakatdan 26 ekipaj ariza bergan.

TOShKENT, 10-iyun — Sputnik, Artem Kalinin. “Ipak yo‘li” xalqaro ralli tashkilotchilari, Aktobe voqealaridan keyin, ralli qatnashchilarining xavfsizligini ta’minlashni so‘rab Rossiya FSBsiga murojaat qilishdi. Bu haqdi ralli prezidenti Vladimir Chagin jurnalistlarga xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz Aktobedagi teraktda tinch aholi va harbiylardan yetti kishi qurbon bo‘ldi, 18 jangari yo‘q qilindi.

“Ipak yo‘li” rallisi – xalqaro ralli-reyd bo‘lib, u 2009 yildan beri o‘tkazilib kelmoqda. 2016-yilda musobaqa Moskvada boshlanib Pekinda tugashi va Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ralli yo‘nalishi uzunligi 10780 kilometrni tashkil qiladi.

Ralli 8-iyul kuni Moskva Qizil maydonda boshlanib 24-iyul kuni Pekinda tugashi belgilangan. Bugungi kunga qadar 26 ta yuk va yo‘l tanlamas avtomobillar ekipaji rallida qatnashishga ariza bergan. Qatnashchilar Belgiya, Fransiya, Niderland, Polsha, Vengriya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy mamlakati vakillaridir.

 

Yangiliklar lentasi
0