TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Aktobed o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida besh terrorchi yo‘q qilindi, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga asosan.
10 iyun kuni ertalab Aktobe viloyat terrorchilikka qarshi kurash shtabi vakillari Aktobeda otishma uyushtirgan terrorchilar guruhi yashiringan uyni aniqlashadi. Taslim bo‘lish taklifiga terrorchilar quroli qarshilik ko‘rsatishdi.
“Tezkor qidiruv tadbirlar natijasida, Nekrasov ko‘chasida terrorchilar yashiringan uy aniqlndi. O‘z ixtiyorlari bilan qurol topshirish taklifiga terrorchilar rad javobi berishdi. Keyingi muzokaralar ham natijasiz bo‘ldi. Maxsus kuchlar yordamida o‘tkazilga hujum natijasida kvartirada bo‘lgan to‘rt terrorchi yo‘q qilindi”, — deyilgan xabarda.
Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida, Masoyedov va Ardinov ko‘chalari chorrahasida yana bir terrorchi politsiya patrulini o‘qqa tutgan. Politsiya xodimlari yaralangan, terrorchi esa yo‘q qilingan.